Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida Zulfiyaxonim Isroilova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan «Baxtim shul O’zbekning Zulfiyasiman» nomli tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda tumandagi 1 va 38 sonli maktabning o’quvchilari ishtirokida turli chiqishlar namoyish etildi. O’quvchilar Zulfiyaxonim Isroilova hayoti va ijodi haqida ko’plab ma’lumotlarni berishdi. Tadbirga tuman madaniyat bo’limi xodimlarining chiqishlari o’zgacha shukuh bag’ishladi.
Tadbirda Urganch tumani Oila va xotin-qizlar bo’limi rahbari S.Xudayberganova va mahalla xotin-qizlar faollari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo’linmasi rahbari Jabborova.G, Urganch davlat universiteti ustoz-murabbiylari, «Nuroniy jamg’armasi» keksa otaxon onaxonlari va tuman madaniyat bo’limi xodimlari mehmon bo’lishdi.