Urganch tumanida «Sektor rahbarlari va yoshlar» uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda tumanimizdagi sport, madaniyat, sanat, tadbirkorlik yo’nalishlarida yutuqlarga erishib kelayotgan yoshlar hamda milliy-madaniy markaz vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv avvalida sektor rahbarlari bugungi kunda tumanda yoshlarni qo’llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlar, yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar to’g’risida to’xtalib o’tdilar. Jarayonda yoshlar ham o’zlarining muammo va takliflari bilan o’rtoqlashib, qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Tadbir davomida Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Z.Saidova kitob va kitobxonlikga qaratilayotgan e’tibor va shart-sharoitlar to’g’risida to’xtalib, bu sohada erishilgan yutuqlari haqida so’zlab, tengqurlari qatorida o’z minnatdorchiligini bildirdi. Shuningdek, fan olimpiadalarida, sport musobaqalarida hamda turli ko’rik-tanlovlarda yutuqlarga erishib kelayotgan yoshlarga tuman hokimligining sovg’alari topshirildi.