«Diniy bag’rikenglik – milliy qadriyat» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi
Urganch Ranch texnologiya universitetining «Pedagogika va aniq fanlar» kafedrasi o’qituvchisi N.Ismailova tomonidan «Diniy bag’rikenglik – ota bobolarimizdan meros qolgan milliy qadriyat» mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbir mehmonlari: O.Allaberganov Pedagogika va aniq fanlar kafedrasi mudiri, Sh.Samanova Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri PhD.v.b dotsent, U.Xajiyev Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi hamda Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi xodimi Z.Saidovalar milliy qadriyatlar, diniy bag’rikenglikning ahamiyati haqida talabalarga tushuncha berib, rivoyat va misollar orqali mavzuni yoritib berdilar. Suhbat davomida 38-maktab o’quvchilari milliy chiqishlar namoyish etib, mavzuga oid videorolik taqdim etdilar. Mazkur suhbat talabalarda katta taassurot qoldirdi, ilmiy mushohada va kitob mutolaasiga qiziqishni oshirdi.