«Boburning barhayot ijodi»
🪐Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Bugungi tadbirda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Kimyo texnologiyalari fakulteti talabalari va tuman 38-sonli maktabi 8-sinf o’quvchilari ishtirokida «Boburning barhayot ijodi» nomli tadbir bo’lib o’tdi. Xususan, tadbirga Urganch tumani hokimi maslahatchisi, shoira Sh.Ramanova mehmon sifatida ishtirok etib, Zahiriddin Muhammad Bobur hayot yo’li, Temuriy va Boburiy sulolari hamda Boburning Hindiston ravnaqi uchun qo’shgan hissasi, buyuk mutafakkirning hayoti va ijodi haqida yoshlarga ko’plab ma’lumotlar aytib o’tdi va tadbir haqida iliq fikrlar bildirdi.
Tadbir davomida talaba-yoshlar Bobur g‘azal va ruboiylaridan namunalar keltirishdi, uning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ayniqsa Boburning hayoti va asarlaridan ilhomlanib tayyorlangan badiiy chiqishlar yig’ilganlarga katta taassurot qoldirdi. Tadbir so’nggida Urganch tumani hokimligi tomonidan tadbirni tashkillashtirishda yaqindan yordamlari uchun markazning Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari Botirova Gulnora Salayevna, Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati rahbari Sharipov Ollabergan Kuvandik o’g’li, Urganch tumani 38-sonli maktabi Ona-tili va adabiyot o’qituvchisi Xo’jayeva Zulayho Davronbekovna, tuman Madaniyat bo’limi direktori Sattorov Xasanboy Niyozmetovichlar taqdirlandi.