«Alisher Navoiy so’z san’atining gultoji»
Inson qalbining quvonchu qayg’usini va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan –kam topiladi.Ona tiliga muhabbat, uning boyligini anglash tuyg’usi ham bizning ongu shuurumiz, yuragimizga avvalo, Navoiy asarlari bilan kirib kelgan.
Urganch tumani hokimligi, Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi hamkorligida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi tuman miqiyosida yuqori saviyada o’tkazildi. Bu bayramona tadbirda Urganch davlat universiteti Kimyo fakulteti talabalari va tuman 1-sonli maktab o’quvchilari ishtirokida Navoiyning g‘azal va ruboiylaridan o’qildi va «Navoiy» dramasidan parcha ijro etildi. Ayniqsa, Urganch shahar 18-sonli MTT jajji tarbiyalanuvchilari tomonidan chiroyli raqslar namoyish etildi. Tadbir davomida Urganch tumani hokimi maslahatchisi, qalami o’tkir shoira Sh.Ramanova so’zga chiqib, Navoiy asarlari, ijodiy merosining ahamiyati to’g’risida atroflicha so’zlab o’tdi. Tadbirda barcha ishtirokchilar tuman hokimligi tomonidan faxriy yorliq va estalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Tadbir so’nggida tuman Madaniyat bo’limi xonandalari tomonidan jonli ijrolar davraga fayz bag’ishladi.