«Sevimli yozuvchim bilan uchrashuv»
✨Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida Bibliografiya xizmati tomonidan
«Sevimli yozuvchim bilan uchrashuv» loyihasi doirasida O′zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo′limi a’zosi, taniqli shoir, yozuvchi va tarjimon Bahodir Bobojonov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida faxriy kitobxonimiz, yozuvchining yaqin do’sti Komiljon Qodirov so’zi davomida do’sti haqida iliq fikrlar bildirdi va hayoti davomidagi qiziqarli voqealarni aytib o’tdi. Ayniqsa, adabiyot ixlosmandlari bilan shoirning asarlarining mazmun-mohiyati va ulardan olgan taassurotlari haqida fikr almashildi. Samimiy va ochiq muloqot tarzida o’tgan uchrashuvda o’quvchi-yoshlar adabiyot, she’riyat, ijod haqida o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va ijodi borasida sevimli ijodkoridan tavsiyalar tinglandi. Uchrashuv yakunida yozuvchi tomonidan o’z qalamiga mansub kitoblari markazga sovg’a tariqasida taqdim etildi. Shuningdek, Markaz rahbari M.Yusupova yozuvchi tashrifi uchun o’z minnatdorligini bildirdi hamda tashakkurnoma va esdalik sovg’alar topshirildi. Bugungi uchrashuv mehmonlarga manzur bo’lib, barchaga xush kayfiyat ulashdi.