Urganch tumani axborot-kutubxona markazida 21-27 aprel kunlari «O’zbekiston kitobxonlar yurti» shiori ostidagi an’anaviy V Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida «Ijodiy yangilik – kitob javonlarida» mavzusida yangi kitoblar taqdimoti bo’lib o’tdi. Yangi kitoblar taqdimoti markazning kitobxonlar klubi a’zolari va fondlarni to’ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati tomonidan o’tkazildi. Taqdimotda 38-sonli maktabning faol kitobxon o’quvchi-yoshlari ishtirok etishdi.
«Bu kitoblar — yurakdan chiqqan va yurakka yetib boradigan satrlar to‘plamidir.»
Unda hayotning g‘am-u shodligi, insoniy tuyg‘ular, orzular, sinovlar va saboqlar muhrlangan. Har bir sahifasi sizni o‘ylantiradi, ilhomlantiradi va hayotingizga yangicha nigoh bilan qarashga undaydi.
Kitob muallifi inson qalbining eng nozik torlarini chertadi, o‘quvchini chin dildan his qilishga, yurak bilan o‘qishga majbur etadi.