📚Urganch tumani axborot-kutubxona markazida tumandagi 38-sonli maktab bilan hamkorlikda «Men kitobdan o’rgangan saboqlar» mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda o’quvchi-yoshlar o’zlari sevib o’qigan kitoblari haqida tadbir mehmonlariga so’zlab berishdi. Ayniqsa kitoblar asosida tayyorlangan sahna ko’rinishlari barchaga manzur bo’ldi. Tadbirda markaz direktori,
38-sonli maktab direktori va maktabning boshlang’ich sinflar bo’yicha direktor o’rinbosari so’zga chiqib, barcha kitobsevar o’quvchilarni «Kitobxonlik haftaligi» bayramlari bilan muborakbod etib, kitobga bo’lgan muhabbatni yanada yuksaltirishga birgalikda hissa qo’shishga chorladi.