✨»O’zbekiston kitobxonlar yurti» shiori ostidagi V Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida Urganch tumani axborot-kutubxona markazida ham qator dasturlar amalga oshirildi.

Hafta davomida kitoblar taqdimoti, kitobsevarlar uchun turli mahorat darslari, mutolaa tadbirlari, yozuvchi va adiblar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, zakovat intellektual o’yinlari va boshqa qator ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar bo’lib o’tdi.

Markaz tomonidan hafta davomida tadbirlarda faol qatnashgan bir guruh o’quvchi-yoshlar va o’qituvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Urganch tumani axborot-kutubxona markazida haftalik doirasida faol qatnashgan barcha hamkor tashkilot xodimlariga, o’quvchi-yoshlarga va o’qituvchi-murabbiylarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.