21 may — Kutubxonachilar kuni munosabati bilan

💐21 may —  Kutubxonachilar kuni munosabati bilan soha rivojiga qo’shayotgan munosib hissasi hamda ko’p yillik halol mehnatlari uchun Urganch tumani axborot-kutubxona markazining jonkuyar va fidoyi xodimlarini tabriklash maqsadida Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyati axborot-kutubxona markazi rahbari R.Qurbanovlar mehmon bo’lishdi.
Shuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo’limi rahbari B.Abdirimov nomidan mutaxassisi R.Vapayeva va Urganch tumani bo’linmasi rahbari G.Jabborovalar markaz xodimlarini tashakkurnoma bilan taqdirladilar. Mehmonlar aziz kutubxonachilarni shu bebaho boyligimiz — bilim, ma’rifat va madaniyatni keng targ’ib etishda, yosh avlod qalbida kitobga muhabbat uyg’otishda, ularni ma’naviy yetuk va barkamol insonlar etib voyaga yetkazishda fidokorona mehnatlarini ko’klarga chiqargan holda, kelgusi faoliyatida yanada yutuq va zafarlar tiladilar.