Urganch tumani axborot-kutubxona markazida 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Urganch davlat unversiteti «Filologiya va san’at» fakulteti talabalari va «Kitobxonlar klubi» a’zolari ishtirokida
«Yoshlar kelajagimiz urug’i» nomli tadbir tashkil qilindi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlar, sahna ko’rinishlari va chiroyli raqslar namoyish etildi. Tadbirga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo’limi mutaxassisi R.Vapayeva, Urganch tumani maslahatchisi Sh.Ramonova va O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi mutaxassisi S.Karimovalar mehon bo’lishdi. Tadbirda faol qatnashgan ishtirokchilar markaz tomonidan kitoblar bilan taqdirlandi.
Bugungi tadbir yoshlar tomonidan she’r, kuy-qo’shiqlar va chiroyli raqslar namoyishi barobarida davom etdi.
Tadbirning asosiy maqsadi talabalar ma’naviyatini boyitish, ularning estetik didini oshirish, san’at va madaniyat orqali milliy qadriyatlarga bo’lgan hurmatni kuchaytirish, yoshlar orasida sog’lom muhit va jamoaviylik ruhini shakllantirishdan iborat.