Inson huquqlari bu har bir insonning tug’ilgandan boshlab ega bo’ladigan tabiiy va ajralmas va teng huquqlaridir. Ular millat ,irq, jins, til, din, e’tiqod yoki boshqa farqlardan qat’iy nazar hamma uchun bir xil amal qiladi.
Urganch tumani axborot-kutubxona markazi xodimi D.Satibaldiyeva tomonidan Urganch davlat unversiteti «Filologiya va san’at» fakulteti talabalari ishtirokida «Men huquqimni bilamanmi» mavzusida suhbat tashkil etildi. Suhbat avvalida inson huquqlari haqida bahs munozara tashkil qilinib, qiziqarli ma’lumotlar berib o’tildi. Shu bilan birga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning yangi «Bir bo’lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — vatanmiz» kitobi haqida ma’lumotlar berib o’tildi.
