«Farovon oila sari»

Urganch tumani hokimligi, Oila va xotin-qizlar bo’limi, Urganch tumani axborot-kutubxona markazi va mutasaddi tashkilotlar hamkorligida «Qoramon» mahallasida «Farovon oila sari» oyligi doirasida keng qamrovli tadbir o’tkazildi.

Tadbir doirasida «Sog’lom oila uchun birlashaylik» shiori ostida sog’lom turmush tarzini targ’ib etuvchi, 5000 qadam, aholi o’rtasida bepul tibbiy ko’rik, kitobxonlikni targ’ib etuvchi ko’rgazma va suhbatlar, milliy qadriyatlarimizga bag’ishlangan chiqishlar, shuningdek, madaniyat va san’at namoyondalari ishtirokida konsert dasturlari tashkil etildi.

«Farovon oila — barqaror jamiyat» g‘oyasi asosidagi tadbirlar, oilaviy munosabatlar madaniyatini oshirish, yosh oilalarga ko‘maklashish, farovonlikni ta’minlashda muhim qadamdir.