Mazmunli kun — yozgi ta’tilning samarali yechimi!
📚Urganch tumani axborot-kutubxona markazida «Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida o’quvchi-yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog’lom turmush tarzi va intellektual rivojlanishiga yordam berish maqsadida turli ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari o’tkazilmoqda.
⚽️Xususan, yoshlar ishtirokida «Men o’qigan kitob» mavzusida davra suhbatlari, shashka-shaxmat va stol-tennis sport musobaqalari, «Mohir qo’llar» tikuvchilik to’garagi hamda «Zakovat» intellektual o’yini tashkil etilmoqda.
🕊Mazkur tadbirlardan asosiy maqsad o’quvchi-yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, sportga qiziqishini oshirish, kasb-hunarga mehr uyg’otish, ijtimoiy faollik, fikrlash erkinligi, sog’lom raqobat muhitini mustahkamlashga yordam berishdan iborat.