«O’zbekiston – bag’rikeng diyor»

Do’stlik masofa tanlamaydi, til, din yoki irq bilan chegaralanmaydi. U nafaqat insonlarni, shuningdek xalqlarni va davlatlarni ham o’zaro hurmat, ishonch asosida birlashtiradi.  
30-iyul xalqlar do’stligi kuni munosabati bilan Urganch tumani axborot-kutubxona markazida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo’linmasi rahbari G.Jabborova,»Oqila ayollar» jamoasi faoli A.Matsapayeva, O.Atajonova va Oila va xotin-qizlar bo’limi faoli G.Dushamovalar ishtirokida «O’zbekiston – bag’rikeng diyor» mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir tashkil qilindi. Unda Hozirgi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari yakdil, ahil bo’lib yashayotgani, har bir insonning hayotiy manfaatlari hamda ezgu maqsadlari roʻyobi uchun teng va keng imkoniyatlar yaratib berilgani alohida eʼtirofga hamda ibratga loyiqligi, turli millat vakillarining o’z ona tili, madaniyati, sanʼati, hunarmandchiligi va milliy qadriyatlarini rivojlantirishida muhim o’rin tutmoqda deya so’zlarini yakunladi soha vakillari.