🪐Urganch tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari «Qatag’on qurbonlari» oyligi doirasida tuman Mudofaa chaqiruv bo’limi yoshlari bilan, muhim tarixiy manzillardan biri «Qatag’on qurbonlari xotirasi» muzeyiga sayohat qilishdi. Sayohat davomida muzey direktori, tarix fanlari nomzodi, dotsent Y.Rahmonova muzeyda joylashtirilgan tarixiy yodgorliklar haqida ma’lumotlar berib, o’tmishda xalqimiz boshidan kechirgan og’ir sinovlar, sovet totalitar tuzumining zulmi va bu yillar davomida xalqimiz ko’rsatgan matonat haqida so’z yuritildi. Ayniqsa, muzeyda yaratilgan yangi innovatsion texnologiyalar barchada katta qiziqish uyg’otdi. Shuningdek, muzey direktori Y.Rahmonova yoshlar mutolaasi uchun o’z qalamiga mansub kitoblar jamlanmasini kutubxona fondiga sovg’a qildi.
Bu kabi tarixiy maskanlarga sayohatlar albatta, yoshlarimizni vatanparvar, ongli va tarixiy haqiqatlarga befarq bo’lmagan avlod sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.