Urganch tumani axborot-kutubxona markazida «Sevimli yozuvchim bilan uchrashuv» loyihasi doirasida, Urganch tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo’yicha maslahatchisi, serqirra ijod sohibasi Romanova Shahlo Shukrullayevna mehmon sifatida taklif etildi. Unda tuman Favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari, «Nuroniy» jamg’armasi faollari va markaz xodimlari ishtirok etishdi. Uchrashuvda shoiraning mehnat faoliyati, insoniy fazilatlari, ijodining o’ziga xos jihatlari, boy ijodiy merosi haqida atroflicha so’z yuritdilar va shoiraning qalamiga mansub she’rlari tashrif buyurgan mehmonlariga manzur bo’ldi. Tadbir yakunida Shahlo Romanova o’zining yangi chop etilgan she’riy to’plamini qatnashchilarga sovg’a qildi. Bugungi ijodiy uchrashuv, go’zal she’rlar barobarida chiroyli raqslar bilan yanada jonli tus oldi.
