«Kitobsevar millat»
Jamiyatda kitobxonlik qay darajada keng ommalashsa ziyo ahli shunchalik ko’p bo’ladi, o’z navbatida bu joyda qadriyatlarni yanada mustahkamlash maqsadida Urganch tumani axborot kutubxona markazi mutaxssislari, Urganch tumani hokimligi ishchi-xodimlariga kutubxona xizmati ko’rsatildi. Tashrif davomida tashkilot xodimlari va foydalanuvchilariga muddatli topshirilgan kitoblar qaytarib olinib, yangi adabiyotlar tavsiya etildi. Xususan, o’zbek va jahon adabiyotiga mansub kitoblar ko’rgazmasi namoyish etildi.
