📚Urganch tumani axborot-kutubxona markazida «Kitob va mutolaa haftaligi» doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
2025-yil 2–12-sentabr kunlari bo’lib o’tayotgan mazkur haftalik doirasida, Urganch tumani 38-sonli maktabning 1-sinf o’quvchilar ishtirokida kitob taqdimotlari tashkil etildi. Unda xodimlar tomonidan bolalarga mo’ljallangan adabiyotlardan, hikoya va ertak kitoblar tavsiya etildi. Shuningdek, 1-3-sinf o’quvchilariga markazda yaratilgan qulayliklar, kutubxonadan foydalanish qoidalari va bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun, yangi loyihalar tanishtirib o’tildi. Hamda barcha o’quvchilar kutubxonaga a’zo etilib, foydalanuvchi chiptasi tarqatildi. Bugungi uchrashuv bolalarda ertak va kitoblarga mehr uyg’otib, ularning ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qilmoqda.