«Milliy qadriyatlar ma’naviyat ko’zgusi»

💫Urganch tumani axborot-kutubxona markazida tuman 38-sonli maktab o’quvchilari ishtirokida «Milliy qadriyatlar ma’naviyat ko’zgusi» nomli tadbir bo’lib o’tdi. Unda markazning kitobxon onalari, namunali ayollar va «Qarovul» qishlog’i oqila ayollari bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida ko’p yillik hayotiy tajribalarga ega oqila ayol o’quvchi-yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida gapirdi.

🎓Shuningdek, ta’lim sohasidagi tub islohotlar, davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, yoshlarni ma’naviy yetuk shaxs sifatida tarbiyalashda oilaning o’rni va unda kitob mutolaasiga urg’u berildi. Ayniqsa, qizlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi. Uchrashuv so’nggida mehmonlar qizlarni mahoratlari, turli yo’nalishlarda erishgan yutuqlari va ijodiy ishlaridan bahramand bo’lishdi.

🤝Bunday uchrashuvlar kelajak qizlarini ma’naviy boyligini oshirishga, yordam bermoqda.