Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2011 yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan 11-oktabr «Xalqaro qizlar kuni» deb e’lon qilingan. Ushbu sana munosabati bilan Urganch tumani axborot-kutubxona markazida Urganch tumani «Arboblar» mahallasi Oila va xotin-qizlar bo’limi faoli G.Dushamova bilan hamkorlikda «Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz» shiori ostida tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirda Urganch tumani hokimi o’rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i S.Xudayberganova, «Oqila ayollar» faollari, 38-sonli maktab o’qituvchi va o’quvchi qizlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida o’quvchi yoshlar tomonidan turli she’rlar, kuy-qo’shiqlar va raqslar namoyish etildi. Bundan tashqari tadbir mehmonlari tomonidan o’quvchi yoshlarga maslahatlar berildi.
Ma’lumot uchun: 🇺🇿 Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan joriy yilning 6-11 oktabr kunlari «Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar haftaligini o’tkazish rejalashtirilgan.

