Urganch tumani 38-sonli maktabda tuman axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda 21-oktabr O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan «Ona tilim — g’ururim, faxrim» mavzusida ochiq dars tadbiri bo’lib o’tdi. Ochiq dars davomida O’zbek tiliga oid barcha ma’lumotlar berildi. Markaz xodimlari tomonidan yangi nashr etilgan O’zbek tilining izohli imlo lug’ati va boshqa turli O’zbek tiliga oid kitoblar taqdimoti o’tkazildi. Tadbir yakunida maktab direktori Z.Kurbanbayeva so’zga chiqib o’quvchi-yoshlarni ushbu sana munosabati bilan tabrikladi.
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!
Bugun — 21-oktabr, o‘zbek xalqining milliy faxri, madaniyati va mustaqillik ruhi mujassam bo‘lgan O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.
Ma’lumot uchun:
📜1989-yil 21-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining (o‘sha paytda O‘zbekiston SSR) “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi.
Bu tarixiy qaror millat o‘zligining, xalq g‘ururining, istiqlol va taraqqiyot yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
🇺🇿1995-yilda ushbu qonun yangi tahrirda qabul qilinib, tilimizning mavqei yanada mustahkamlandi.
Shundan beri, 21-oktabr sanasi mamlakatimizda “O‘zbek tili bayrami kuni” sifatida keng nishonlanadi.
O‘zbek tili — bu ajdodlar merosi, millatning yuragi, Vatanimizning iftixori. Uni ardoqlash, toza saqlash va avlodlarga yetkazish — har birimizning burchimizdir.

