“O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”

Urganch tumani axborot-kutubxona markazida tuman favqulotda vaziyatlar bo‘limi xodimi tomonidan zilzilada to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish hamda boshqa sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha yig’ilish o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-may kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-158-sonli hamda 2024-yil 17-aprel kunidagi “Bino va inshootlarning zilzilabardoshliligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-161-sonli qarorlari mazmun mohiyatini tinglovchilarga yetkazildi.
Zilzila paytida nima qilish va nima qilmaslik kerakligi haqida so‘zni boshladi. Kuchli zilzilalar bo‘layotganda hamma ham xavfsiz joyda bo‘la olmaydi. Kimdir ko‘p qavatli bino ichida yoki hovlida, kimdir ko‘chada, yana boshqa birov transportda bo‘lishi mumkin. Yer qimirlaganda uyning eng xavfli joylari – ichki va tashqi deraza ostilari, devorlarning oyna bilan qoplangan qismlari, ayniqsa ohirgi qavatlardagi burchakda joylashgan xonalar, lift va zinapoya maydonchalari bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak.
FVB AvaHMQ kichik inspektori oddiy askar O.Ro‘zmatov o‘z so‘zida, is gazidan insonlarning ommaviy zaharlanishi va halok bo‘lishi, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, yong‘inlar natijasida, fuqarolar hayoti va mol-mulkiga katta zarar yetishi bilan bog‘liq holatlar yuzaga kelayotganligi oqibatida nohush hodisalar kelib chiqayotganligi, bir qator misollar keltirib o‘tdi.