«INFOLIB O‘ZBEKISTON-2025» XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Bugun Urganch tumani axborot-kutubxona markazida «INFOLIB O‘ZBEKISTON-2025» XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Haftalik mehmonlarini qutlar ekan, markaz rahbari M.Yusupova so’zi avvalida, axborot-kutubxona sohasini yanada rivojlantirish, aholiga axborotlar olishning manbai, shakllarini yetkazish, axborot-kutubxona foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatish, kitobxonlik va kitob mutolaasini targ’ib qilish, yoshlarning intellektual bilimi va saviyasini oshirishga qaratilgan tadbirlar orqali soha rivojiga hissa qo’shish, maqsadlarini ta’kidladi.

Haftalik davomida kitob ko’rgazmalari, mutaxassislarning ma’naviy-madaniy bilimlarini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar, kitob taqdimotlari, mahorat darslari, viktorinalar, taniqli fan va madaniyat namoyandalari, san’atkor va ijodkorlar ishtirokida ijodiy uchrashuvlar o’tkaziladi.
Aziz kitobxonlar barchangizni «Infolib O’zbekiston — 2025» haftaligi doirasidagi tadbirlarda kutub qolamiz.