«Davlatimiz bayrog‘i – o’tmish, bugun va kelajagimizning yorqin timsoli»

Davlatimiz bayrog’i – o’tmish, bugun va kelajagimizning yorqin timsoli

Urganch tumani axborot-kutubxona markazida ertalabdan ish kuni bayramona kayfiyatda boshlab yuborildi. Unda markaz xodimlari bilan O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan «Davlatimiz bayrog‘i – o’tmish, bugun va kelajagimizning yorqin timsoli» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur suhbatda markaz rahbari M.Yusupova barchani bayram bilan muborakbod etib, Davlat bayrog’ining tarixiy ahamiyati, mustaqilligimiz ramzi sifatidagi o’rni va yoshlar tarbiyasidagi ta’siri haqida fikr-mulohazalarni bildirildi. Shuningdek, bugungi kunda bayrog‘imizni hurmat qilish, uni qadrlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.