Urganch tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tashkilot xodimlariga bayram kayfiyati ulashish, ularning ma’naviy-ruhiy holatini ko‘tarish hamda bayram munosabati bilan samimiy tabriklar yetkazish maqsadida Urganch tumani hokimligiga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida kutubxona xodimlari tomonidan bayramona kayfiyatda tayyorlangan tabriklar, ezgu tilaklar va madaniy-ma’rifiy ruhdagi chiqishlar namoyish etildi. Tadbir jarayonida kitob mutolaasining inson hayotidagi o‘rni, ma’naviy boylik va intellektual salohiyatni yuksaltirishdagi ahamiyati haqida ham so‘z yuritildi.
Shuningdek, markaz xodimlari tomonidan qiziqarli, bayramona, hazilomus savollar tayyorlangan sirli quticha taqdim etildi. Unda xodimlar savollarga to’g’ri javoblar bergan holda, faol qatnashib esdalik sovg’alariga ega bo’lishdi. Ayniqsa, hokimlik xodimlari ushbu tashabbusni iliq kutib olib, kutubxona jamoasiga minnatdorchilik bildirdilar.
Mazkur tashrif tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, jamoalarda ijobiy kayfiyatni shakllantirish hamda bayramona muhitni yanada ko‘tarishga xizmat qildi. Bugungi tashrif samimiy ruhda o‘tib, ishtirokchilarda ko‘tarinki kayfiyat va yaxshi taassurot qoldirdi.

