🎅Bayram shukuhi hukm surayotgan kunlarda Urganch tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tashkilot xodimlariga bayram kayfiyati ulashish, ularning ma’naviy-ruhiy holatini ko‘tarish hamda bayram munosabati bilan samimiy tabriklar yetkazish maqsadida Urganch tumani «Moliya bo’limi» va «Agro banki» ga tashrif buyurildi. Tashrif davomida tashkilot xodimlariga bayram tabriklari yo’llanib, ezgu tilaklar bildirildi. Shuningdek, ijobiy kayfiyat ulashish, jamoada birdamlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan samimiy suhbatlar o‘tkazildi. Bunday tashabbuslar bayram ruhini yanada yuksaltirib, xodimlarning ish samaradorligi va ruhiy ko’tarinkiligiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
😊Bayram shukuhi, ezgu tilaklar va iliq muhit barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag’ishladi.

