Urganch tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan o’quvchi-yoshlar o’rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish, bo’sh vaqtlarini maroqli o’tkazishlari uchun doimiy ravishda maktab o’quvchilariga yangi adabiyotlar buyurtma asosida yetkazib berilmoqda.
Bu gal «Mutolaa olamidagi kitobxon millat» loyihasi doirasida Urganch tumani 1-sonli maktabiga tashrif buyurildi. Tashrif davomida o’qituvchi va o’quvchilarga o‘qish jarayoni va tayyorlov kurslari uchun zarur bo‘lgan ilmiy va badiiy adabiyotlar hamda ertak kitoblar mutolaa uchun tavsiya qilindi. Shuningdek, yangi adabiyotlar tavsiya etildi va muddatli topshirilgan kitoblar qaytarib olindi.

