Urganch tumani axborot-kutubxona markazida
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Milliy armiya ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Urganch tumanidagi 36 va 38-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
🇺🇿Tadbirda: 38-sonli maktab direktori, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 36 va 38 sonli maktab kutubxonachilari, yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash fani o‘qituvchisi hamda, boshqa fan ustozlari faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida maktab direktori so‘zga chiqib, Vatan himoyasi — bu nafaqat harbiy burch, balki har bir fuqaroning muqaddas vazifasi ekanini ta’kidladi. Yoshlarni vatanparvarlik, jasorat va fidoyilik ruhida tarbiyalash bugungi kunning eng muhim masalalaridan biri ekanini alohida qayd etdi.
📚Axborot-kutubxona markazi direktori o‘z nutqida yosh avlodni milliy g‘urur, tarixiy xotira va kitobxonlik orqali ma’naviy jihatdan yetuk etib tarbiyalash muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, kutubxonalar yoshlar uchun bilim va ma’rifat maskani ekanini e’tirof etdi.
Tadbir yakunida Yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash fani o‘qituvchisi so’zga chiqib o‘quvchilarga harbiy xizmatning sharafli va mas’uliyatli ekanini, bugungi tinch va osoyishta hayotimiz mard va jasur harbiylarimiz fidoyiligi evaziga ekanini tushuntirib berdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan: Vatan himoyachilariga bag‘ishlangan ma’lumotlar, she’rlar, qiziqarli chiqishlar namoyish etildi.
Tadbir samimiy, mazmunli va ko‘tarinki ruhda o‘tib, ishtirokchilarda Vatanga muhabbat, g‘urur va mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Vatanimiz tinchligi va ravnaqi yo‘lida xizmat qilayotgan barcha Vatan himoyachilariga chuqur hurmat va ehtirom!

