Urganch tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda milliy adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli adib, tarjimon va jamoat arbobi Matnazar Abdulhakim tavalludining 78 yilligi munosabati bilan uning uy-muzeyiga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida markaz xodimlari adibning hayoti va ijodiy faoliyatiga oid boy eksponatlar, shaxsiy buyumlari, qo‘lyozma asarlari, turli davrlarda chop etilgan kitoblari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, shoirning oila a’zolari tomonidan Matnazar Abdulhakimning o‘zbek adabiyoti ravnaqiga qo‘shgan hissasi, tarjimonlik faoliyati yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Mazkur tashrif xodimlarda adib ijodiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish uning boy adabiy merosini keng targ‘ib qilish hamda kelgusida kitobxonlar o‘rtasida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

