Urganch tumani axborot-kutubxona markazida Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan «G‘azal mulkining sultoni» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda bir guruh kitobxon o’quvchilar faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Alisher Navoiyning g‘azallari va hikmatli so‘zlaridan namunalar, shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Shuningdek, bolajonlar tomonidan tayyorlangan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Tadbirda tashkilot xodimlari va “Arboblar” MFY xotin-qizlar faoli G.Dushamova ishtirok etib, Navoiy merosining bugungi avlod tarbiyasidagi o‘rni haqida iliq fikrlar bildirdilar.
Tadbir yakunida Markaz rahbari M.Yusupova so’zi avvalida, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, barcha ishtirokchilarni faxriy yorliqlar bilan taqdirladi.

