«Jadidchilik harakati maqsad va g‘oyalar»

Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlar klubi” a’zolari hamda talabalar ishtirokida jadid adabiyotining yirik namoyondalaridan Is’hoqxon To‘ra Ibrat hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati o’tkazildi. Suhbatda ishtirokchilarga adibning boy ilmiy-ma’rifiy merosi, uning jadidchilik harakatidagi o‘rni, xalqni ilm-fanga chorlovchi faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ayniqsa, uning zamonaviy maktablar ochish, yosh avlodni savodli qilish, xorijiy tillarni o‘rganishga targ‘ib etish borasidagi xizmatlari alohida ta’kidlandi. Unda talabalar tomonidan tayyorlangan taqdimotlar namoyish etilib, ularda adibning hayot yo‘li, sayohatlari, ilmiy ishlari, asarlari tahlil qilindi. Ishtirokchilar adibning ma’rifatparvarlik g‘oyalari bugungi kunda ham dolzarb ekanligi e’tirof etilib hamda kitobxonlar o’rtasida savol-javoblar tashkil etildi.