Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizdagi barcha vazirlik, idora va hokimliklarda har haftaning payshanba kuni — «Yoshlar kuni» etib belgilangan.
Xususan, Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan tuman Favqulodda vaziyatlar bo’limi bilan hamkorlikda yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limining katta inspektori, leytenant U. Abdullayev ishtirok etib, yoshlarga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, tabiiy ofatlar paytida ehtiyot choralarini ko‘rish bo‘yicha muhim tavsiya va tushunchalar berdi. Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni turli xavf-xatarlardan ogoh etish hamda hayotiy zarur ko‘nikmalarni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

