Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan aholiga va tashkilotlarga axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish ishlari tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, har hafta turli tashkilot va muassasalarga chiqish orqali kitobxonlikni targ‘ib qilish, yangi adabiyotlar bilan tanishtirish ishlari olib borilmoqda.
Navbatdagi tashrif Urganch tumani hokimligida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar uchun tashkil etildi. Ularning qiziqishlari va oldindan bildirilgan so‘rovlari asosida turli yo‘nalishlardagi yangi adabiyotlar jamlanib, taqdim etildi. Taqdimot davomida badiiy asarlar, sohaga oid adabiyotlar hamda ma’naviy-ma’rifiy kitoblar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan kitoblarni tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan bu kabi xizmatlar muntazam davom ettiriladi.

