Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizdagi barcha vazirlik, idora va hokimliklarda har haftaning payshanba kuni «Yoshlar kuni» etib belgilangan. Mazkur kun munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo‘linmasi rahbari G. Jabbarova hamda Urganch tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Z. Saidovalar tomonidan Urganch davlat universiteti «Kimyo texnologiyalari» fakulteti talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarga bugungi kunda yaratilayotgan keng imkoniyatlar, jumladan, ta’lim olish, xorijda o‘qish, grant va stipendiyalar, startap loyihalar hamda yoshlar siyosati doirasidagi islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, kitobxonlikni rivojlantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish va o‘z ustida ishlashning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, fikr va takliflari tinglandi.

