Urganch tumani Axborot-kutubxona markaziga Urganch davlat universitetining Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi talabalari tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida markaz mutaxassislari talabalarni markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirib, bu yerda yaratilgan imkoniyatlar, foydalanuvchi chiptasi olish tartibi hamda markazda tashkil etilgan bo‘limlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, AKT va raqamlashtirish xizmati tomonidan kitoblarning elektron variantlarini yaratish jarayoni hamda ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish usullari haqida amaliy tushunchalar berildi. Suhbat doirasida yangi adabiyotlar taqdimoti ham tashkil etilib, unda Nur Ahmadning «Xorazm nemislari» kitobi kitobxonlarga tanishtirildi hamda talabalar kutubxonaga a’zo etildi.
Mazkur uchrashuv talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirib, ularning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.

