Urganch tumanida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida bayram konsert dasturi tashkil etildi.
Tadbir Urganch tumani hokimligi, tuman Yoshlar ishlari agentligi hamda Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda tashkil etildi. Tadbir davomida talaba-yoshlar ishtirokida kitob taqdimotlari o‘tkazilib, ularning bilim va dunyoqarashini yanada boyitishga qaratilgan qiziqarli viktorina va intellektual o‘yinlar tashkil qilindi. Shuningdek, sportchi yoshlarning chiqishlari namoyish etilib, yoshlar orasida ilm-ma’rifat, kitobxonlik, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni targ‘ib etishga qaratilgan “Uz Chess”, “Ustoz AI”, “Qizlar akademiyasi”, “Mutolaa” hamda “Ibrat farzandlari” loyihalari haqida ma’lumotlar berildi. Mazkur tadbir yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, kitobxonlik va ilm olishga intilish ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.