Urganch tumanida mahallalarda davom etayotgan “Mustaqillik to‘yi” bayram tadbirlari doirasida navbatdagi shukronalik tadbiri o‘tkazildi. Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo‘limi hamkorligida “Do‘stlik uyi — Ulli hovli” majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tuman “Oqila” ayollari ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, xalqimiz farovonligi, milliy qadriyatlarimiz, shuningdek, istiqlol yillarida mamlakatimiz erishayotgan ulkan yutuqlar haqida so‘z yuritildi. Mustaqillikning xalqimiz hayotidagi beqiyos o‘rni, bugungi tinch va farovon kunlarning qadriga yetish, Vatan ravnaqi va yosh avlod tarbiyasida barchamizning mas’uliyatimiz alohida ta’kidlandi. Tadbir so‘ngida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyim-kechaklari va o‘quv qurollari xayriya tariqasida topshirildi.