Xorazm viloyati Urganch tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida “Mutolaa olamidagi kitobxon millat” loyihasi doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tumani bo‘limi rahbari G.Jabbarova, Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari G.Botirova hamda «Kitobxonlar klubi» a’zolari ishtirok etdilar.
Sayohat davomida ishtirokchilarga markazning faoliyati, kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, mavjud adabiyotlar va yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, kutubxona xodimlari tomonidan markaz faoliyatini aks ettiruvchi axborot-targ‘ibot tarqatma materiallari ishtirokchilarga taqdim etildi.
Bunday uchrashuv va sayohatlar aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa muhitini kengaytirish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.