Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi direktori Mehribon Yusupova mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan “Mustaqillikning 35 yilligi” 🏅esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur yuksak e’tirof Mehribon Yusupovaning kutubxona tizimini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ma’naviy-ma’rifiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda sohada samarali faoliyat olib borayotganining munosib e’tirofi bo‘ldi.
💐Ushbu yuksak mukofot bilan Mehribon Yusupovani samimiy muborakbod etamiz!
Yurtimiz ravnaqi, ilm-ma’rifat va kitobxonlik rivoji yo‘lidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!