#Kitobsevar_millat

Urganç tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi 36-sonli umumiy örta ta’lim maktabida öquvçilar örtasida kitobxonlik madaniyatini keng tarğib etişga qaratilgan mazmunli tadbirlar taşkil etildi.

📖Tadbir davomida maktab yölaklari va öquv xonalarida turli janrdagi badiiy, ilmiy-ommabop hamda bolalar adabiyoti namunalaridan iborat kitob yarmarkalari va körgazmalar taşkil etildi. Öquvçilar yangi naşrlar bilan yaqindan tanişib, öz qiziqişlariga mos kitoblarni közdan keçirdilar va mutolaa jarayonida faol iştirok etdilar. Şuningdek, sinf xonalarida ötkazilgan uçraşuvlarda kutubxona xodimlari öquvçilarga yangi kitoblar taqdimotini ötkazdilar hamda kitob mutolaasining inson ma’naviy kamolotidagi örni haqida suhbatlaşdilar.
📚Bundan taşqari, öquvçilarga axborot-kutubxona markaziga a’zo böliş tartibi, kitobxonlik madaniyati va kutubxonadan foydalanişning içki tartib-qoidalari batafsil tuşuntirildi.