Kelajaging uchun ovoz ber…
Urganch tumani 38-sonli maktabda tumanimiz yoshlari bilan «Men saylash huquqiga egaman» mavzularida aksiya bo’lib o’tdi. Aksiyada yoshlar bilan turli musobaqalar, musiqiy chiqishlari hamda «O’z kelajagimni o’zim belgilayman-sizchi» shiori ostida insholar tanlovi ham bo’lib o’tdi. Aksiyada Axborot-kutubxona markazi kitob ko’rgazmalari bilan ishtirok etdi. Tadbirda g’olib bo’lgan yoshlarimizga fahriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi.