,,Qadring baland bo’lsin, ona tilim !»

Urganch tuman Axborot-kutubxona markazida tumandagi 38-sonli maktabning o’qituvchilari Z.Xo’jayeva va G.Bekchanovalar bilan hamkorlikda ,,Qadring baland bo’lsin, ona tilim !» mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda maktabning 5b-sinf o’quvchilari ishtirokida she’r, raqs va sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

Tadbir yakunida Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori, Urganch tumani hokimining ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo’yicha maslahatchisi Rahimova Intizor Rustamovna o’zining yangi chop etilgan ,,Sog’inch sohili» nomli kitobini kutubxonamizga sovg’a qildi.

Tadbirda Urganchi tumani hokimi maslahatchisi I.Rahimova,
38-sonli maktabning MMIBDO’ Sh.Rustamova, BSBDO’ I.Jumaniyozova va o’quvchilarning ota-onalari qatnashdilar.