Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

«Mahalla» xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat boshqaruvi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi Urganch tumani bo‘linmasi, Urganch tuman hokimligi hamda Respublika Manaviyat va Ma’rifat markazi Urganch tumani bo‘linmasi bilan hamkorlikda buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlab tuman Axborot–kutubxona markazida «Navoiyga ehtirom» badiiy-adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga  Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi yetakchi mutaxassisi Shoira Shams tashrif buyurdi.

Adabiy-badiiy kechada tumanning ijodkor targ‘ibotchilari, 1, 8, 11, 17, 38, 49-soni umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda 47-sonli IDUMning o‘qituvchilari va o‘quvchilari ijrosida diltortar g‘azallar va she’rlar ijro etildi.

Tuman Madaniyat bo‘limi xushovoz xonandalarining Navoiy g‘azallari asosida aytilgan kuy-qo‘shiqlari kechaga fayz bag‘ishladi. Navoiy ruboiylari o‘zbek, qozoq va ingliz tillarida ifodali o‘qildi.

 Tadbir so‘nggida faol ishtirokchilarga «Mahalla» xayriya jamoat fondi mablag‘lari hisobidan estalik sovg‘alari topshirildi.