Yangiliklar

26 iyun- Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni.

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi o’quv zalida Urganch davlat unversiteti talabalari va kitobxonlar bilan birgalikda Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha mas’ul hadim Z.Saidova mamlakatimizda giyohvandlikka qarshi kurashish va uni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarga alohida toʻxtalib, inson umrining zavoli boʻlgan ushbu illatning salbiy oqibatlari, narkotik moddalarni isteʼmol qilgan shaxslarning psixologik va tibbiy holati, organizmidagi oʻzgarishlari toʻgʻrisida batafsil …

26 iyun- Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni. Читать полностью »

#Kitobni_jonlantiramiz

Urganch tumani axborot-kutubxona markazida Urganch davlat unversiteti filologiya fakulteti talabalari bilan birgalikda «Yoshlar bizning kelajagimiz» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Talabalar o’zlari sevib o’qigan asrlaridan, sevimli yozuvchilari haqida fikrlar almashdilar. Markaz hodimi Z.Saidova tomonidan talabalar bilan birgalikda psixologik testlar, qiziqarli o’yinlar tashkil etildi. Suhbat davomida ijodkor talaba yoshlar tomonidan she’rlar tinglandi.

#Sevimli_yozuvchim_bilan_uchrashuv

Urganch tumani axborot-kutubxona markazida Urganch davlat unversiteti Filologiya fakulteti talabalari uchun mahorat darslari, yozuvchilar bilan uchrashuvlar va bellashuvlar tashkil etilmoqda. Shuningdek bugungi mehmonimiz Urganch tumani hokimi o’rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo’limi rahbari qalami o’tkir shoira I.Raximova talabalar bilan suhbatlashish maqsadida kutubxonaga tashrif buyurdi. Suhbat davomida talabalar tomonidan shoira haqida ma’lumotlar va she’rlari tinglandi. Tadbir davomida …

#Sevimli_yozuvchim_bilan_uchrashuv Читать полностью »

«Sevimli yozuvchim bilan uchrashuv»

Kitob — inson umr yo‘llarini yorituvchi so’nmas nur.Kitob — inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, har qanday vaziyatda ham hamroh bo’lguvchi sodiq do’st.Kitob – inson ma’naviy kamolotini yuksaltirishdagi qudratli vosita. Bugungi kunda jamiyatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini takomillashtirish borasida har doimgidan bir necha barobar ko’p samarali ishlar amalda targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Shuning amaldagi tatbiqi sifatida Urganch …

«Sevimli yozuvchim bilan uchrashuv» Читать полностью »

«Kitobsevar millat»

2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasida nazorat rejasining 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummiylik g’oyasini amalga oshirishdir. Bugun Urganch tumani Agro bank hodimlari «Yoshlar oyligi» doirasida markazga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida kutubxona …

«Kitobsevar millat» Читать полностью »

«Inson huquqlari-oliy qadriyat» mavzusida davra suxbati bo’lib o’tdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to’g’risida»gi 2023-yil 7-fevraldagi PQ-46-son qarorining 2-ilovasi O’zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini amalga oshirish bo’yicha axborot-kutubxona markazida Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti talabalari bilan birgalikda «Inson huquqlari-oliy qadriyat» mavzusida davra suxbati bo’lib o’tdi. Suhbat davomida talabalarga markazda tashkil etilgan burchak va …

«Inson huquqlari-oliy qadriyat» mavzusida davra suxbati bo’lib o’tdi. Читать полностью »

«Kuchli ma’naviyat — ishonchli qalqon»

Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi hodimlari kitobxonlikni targ’ibot qilish maqsadida «Milliy o’qish haftaligi» loyihasi doirasida ta’lim muassasalari, tashkilotlar, savdo shaxobchalari va mahalla fuqarolar yig’inlariga doimiy ravishda xizmat ko’rsatib kelinmoqda. Bugungi manzillari «Oltin ko’l» mfy da istiqomat qiluvchi ayollarga kitoblar tavsiya etildi hamda kutubxona xizmati ko’rsatildi.

«Kutubxona ziyo maskanim mening»

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi kitobxonlar bilan gavjum. Bolajonlar yozgi ta’tilni maroqli o’tkazish maqsadida «Boshimda oftob, qo’limda kitob» shioriga odatlanib bo’sh vaqtlarini kutubxonada o’tkazishmoqda. Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati hodimlari tomonidan kitobxon yoshlar uchun «Kutubxona ziyo maskanim mening» nomli adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmada markaz hodimlari tomonidan kitobxonlarga adabiyotlar haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi hamda turli …

«Kutubxona ziyo maskanim mening» Читать полностью »

Gʻafur_Gʻulom_120

✅ Aziz kitobxonlar, biz betakror adib Gʻafur Gʻulom tavalludining 120 yilligi munosabati bilan #Gʻafur_Gʻulom_120 xeshtegi ostida qiziqarli ma’lumotli rasmli va kitoblar kõrgazmasini tashkil etdik.Barchangizni kutubxonamizda kutib qolamiz.

Kitoblar olamiga sayohat

Urganch tumani Axborot-kutubxona markaziga jajji kitobxonlarning qalbida kitobga bo’lgan mehrni oshirish, kitob mutolasiga qiziqtirish, ularni kutubxonaga jalb qilish maqsadida Urganch tumani 1-son maktabi 1-sinf o’quvchilarga sayohat uyushtirildi. Sayohatdan kichkintoylar bir olam quvonch olishdi.