#Kitobni_jonlantiramiz
Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi kitobxonlar bilan gavjum. Bugun markaz mutaxassisi tomonidan yosh kitobxonlar tomonidan «Bo’g’irsoq», «sholg’om», «Qizil qalpoqcha», ertak kitoblari jonlantirildi.
Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi kitobxonlar bilan gavjum. Bugun markaz mutaxassisi tomonidan yosh kitobxonlar tomonidan «Bo’g’irsoq», «sholg’om», «Qizil qalpoqcha», ertak kitoblari jonlantirildi.
#Mehrga_tashna_nurli_quyosh Xorazm viloyati Ko’zi ojizlar kutubxonasida imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqorolarni himoya qilish huquq manfaatlarini ko’zlagan holda, ularni zamon bilan hamnafas yashashlarini saviya va dunyo qarashlarini yanada kengaytirish maqsadida «Fasli go’zal bahor» nomli katta tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda mehrga tashna qalblar tomonidan ijodiga man’sub kuy qo’shiqlar tinglandi. Tadbirda Axborot-kutubxona markazi hodimlari mehmon bo’lishib, …
?#ULKAMDA_BAHOR_FASLI…Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi o’quv zalida «Go’zallik va nafosat fasli bahor» nomli ko’rgazma tashkil etidi. O’zining nafis ko’rinishi va yoqimli ob-havosi bilan barchani maftun etuvchi bahor haqidagi eng qiziqarli faktlar, rasmli kitoblar joylandi.
Urganch tumani Axborot- kutubxona markazi hodimlari «Milliy o’qish haftaligi» loyihasi doirasida Urganch Davlat Unversiteti Kimyo fakulteti talabalari foydalanishlari uchun kimyo faniga doir kitob va qo’llanmalar, badiiy adabiyotlar taqdim etildi.
Derazangdan mo‘ralab asta,Gul yuzingdan bo‘lib shikasta,Uzun qishga siltab qo‘lini,Ham qalbingdan boshlab yo‘lini,To’qqiz oyki, yelarmish bahor,Bugun tunda kelarmish bahor…Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi hodimlari Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligi munosabati bilan mushoira kechasi o’tkazildi. Adabiy kechada Zulfiyaxonim ijodiga ilhomlangan markaz hodimlari tomonidan Matkarimova.X, Matkarimova.Z va Ataeva.M qalamiga man’sub she’rlar tinglandi.
Urganch davlat Unversiteti Kimyo fakulteti talabalari va Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligi munosabati bilan «Mard o’g’lon» nomli katta tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda o’g’lonlar1.Tanishtiruv2.Bayram dasturxonini bezash3.Sahna ko’rinishi4.Oilada farzandlarga vaqt ajratish 5.O’g’lonlar sevgan hobbiysishu shartlar bo’yicha bellashdilar. Tadbir so’nggida tanlov ishtirokchilari faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Tadbir qiziqarli shartlar va …
Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida Urganch tumani 1-Sonli maktab faol o’quvchilari bilan birgalikda «Zulfiyaxonim sadoqat timsoli» nomli tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo’linmasi rahbari Rano Vafayeva, mutaxassislari G’uncha Alimova, 1-Sonli maktab kutubxonachilari, kitobxonlar mehmon bo’lishdi. Tadbirda ishtirokchilar tomonidan Zulfiyaxonim qalamiga man’sub she’rlar, sahna ko’rinishlari va chiroyli raqslar ijro etildi. Tadbir …
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida’gi 2023-yil 7- fevraldagi PQ-46-son qarorining 2-ilovasi Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini amalga oshirish bo’yicha, Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida “Inson huquqlari — Oliy qadriyat” mavzusida kitob ko’rgazmasi tashkil qilindi va ko’rgazmaga inson huquqlariga oid adabiyotlar joylashtirildi.
Urganch tumani hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Urganch tuman bo’linmasi, Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi, tuman Ma’daniyat bo’limi, tuman yoshlar targ’ibotchilari hamkorligida 18-sonli Musiqa maktabida Abu Rayhon Beruniyni tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan katta tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda 4-40-49-sonli maktab o’quvchilari tomonidan Abu Rayhon Beruniy haqida ma’lumotlar berildi va sahna ko’rinishlari ijro etildi. Tadbirda viktarina o’yinlari, …
Abu Rayhon Beruniyni tavalludining 1050 yilligi Читать полностью »
Urganch tumani hokimligi tomonidan Urganch tumani Axborot-kutubxona markaziga 15 mln so’mlik 108 nomda 319 dona kitoblar sovg’a qilindi. Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi va kitobxonlari nomidan Urganch tumani hokimi Frunze Ilxomovichga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.