Yangiliklar

«Kitobni jonlantiramiz» loyihasi

Urganch tumani axborot-kutubxona markazida Buyuk shoir, mutafakkir Hazrat Alisher Navoiyning tavalludiga bağishlab davra suhbati õtkazildi.Davra suhbatida tumandagi 1 va 38 sonli maktabning faol õquvchilari qatnashishdi. Davra suhbati davomida õquvchilar tomonidan Alisher Navoiyning ijodiga nazar tashlandi, ĝazal, ruboiylari va buyuk Xamsa asari tinglandi va sahnalashtirildi.

«Kitobni jonlantiramiz» loyihasi

Bugun Urganch tumani axborot-kutubxona markazi hodimlari 38 — sonli maktab kutubxonachisi Matnazarova D. boshchiligida 9-sinflar bilan birgalikda sevimli yozuvchimiz Abdulla Qodiriyni«Mehrobdan chayon», Cho’lponi «Kecha va Kunduz» asarlaridan «Kitob taqdimoti» o’tkazildi. Taqdimotda o’quvchilar tomonidan adibning hayoti va ijodi, asarlaridan sahna ko’rinishlari ijro etildi. Adabiy kechada barcha o’quvchilarga axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar sovg’a etildi.

«Sevimli yozuvchim bilan uchrashuv»

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati Bibliografi Y.Atayeva va L.Hakimovalar «Sevimli yozuvchim bilan uchrashuv» loyihasi asosida Urganch tumani 38 — sonli maktabning 8B -sinf o’quvchilari bilan birgalikda kitobxonlarning sevimli yozuvchisi Qo’zi Davlat kitoblaridan «Istiqlol qaldirg’ochlari», «Hayot yo’llarida», «Ko’ngil chiroyi» nomli kitoblari jonlantirildi.

«Navoiy 582 yoshda»

9 — fevral O’zbek mumtoz adabiyotining asoschisi, quyoshi hamda adabiy tilimizni kamolotga yetkazgan buyuk mutafakkir, g’azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning tavalludiga 582 yil to’ldi. Shu munosabat bilan Urganch tumani axborot-kutubxona markazi hodimlari faol kitobxonlar klubi a’zolari bilan «Navoiyxonlik» kechasi boʻlib oʻtdi. Suxbat davomida Markaz hodimi L.Hakimova tomonidan o’quvchilarga Alisher Navoiy hayoti va ijodi, asar …

«Navoiy 582 yoshda» Читать полностью »

IIB hodimlarining kutubxonaga tashrifi

Bugun Urganch tumani axborot-kutubxona markaziga Urganch tumani Ichki Ishlar bo’limi boshlig’i Podpolkovnik G’ulomjon Sharipov hodimlari bilan birgalikda tashrif buyurdilar. IIB boshlig’i G’.Sharipovga kutubxona faoliyati, kitob fondi, hodimlar to’g’risida ma’lumotlar berildi. Hamda kutubxona foydalanuvchilari bilan suhbat bo’lib o’tdi. Tashrif so’ngida IIB hodimlari o’zlari yoqtirgan adabiyotlardan olib, kutubxonaga a’zo bo’ldilar.

«Islom Karimovning barhayot siymosi»

O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1938 yilning 30 yanvarida tug’ilgan. Mustaqilligimiz asoschisi hozir hayot bo’lganlarida 85 yoshni qarshilardi.Bugun Urganch tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassisi va markazning kitobxonlar klubi a’zolari bilan birgalikda birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga bag’ishlab kitoblaridan ko’rgazmalar tashkil etildi.

«Kitobni jonlantiramiz» loyihasi

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi hodimi Urganch tumani 38 — sonli maktabning 7 — 8 sinf o’quvchilari bilan birgalikda badiiy adabiyotlardan ko’rgazma tashkil etildi. O’quvchilar tomonida «Bu yerlarda hayot boshqacha», «Urishning davomi», «Otamning bog’i», «Dunyoning ishlari», «Ko’ngil» nomli kitoblar taqdimoti o’tkazildi. Taqdimot davomida ushbu kitoblardan joy olgan qahramonlar to’g’risida so’z bordi.

«Milliy o’qish haftaligi» loyihasi

Kitob-bilim bulog’i. Bu buloqdan bahra olmagan inson johillik tomon yuz tutishi mumkin. Jamiyatda kitobxonlik qay darajada keng ommalashsa ziyo ahli shunchalik ko’p bo’ladi, o’z navbatida bu joyda qadriyatlarni yanada mustahkamlash maqsadida Urganch tumani axborot-kutubxona markazi hodimlari kitobxonlikni rivojlantirish, barcha tashkilot ishchi xodimlari bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun doimiy ravishda kutubxona xizmati ko’rsatilib kelinmoqda. Bugun Urganch …

«Milliy o’qish haftaligi» loyihasi Читать полностью »

«Mehr kutubxonasi» loyihasi

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan aholi o’rtasida targ’ibot ishlarini amalga oshirish, ko’chma kutubxona tashkil qilish, har bir oilaga ma’rifat ulashish maqsadida «Yoshlik», «Shodlik», «Oltin ko’l» MFY sida istiqomat qiluvchi kitobxonlar buyurtmasiga asosan kitoblar va gazeta jurnallar yetkazib berildi.

«Sevimli yozuvchim bilan uchrashuv» loyihasi

Bugun Urganch tumani axborot-kutubxona markazi hodimi Z.Saidova «Sevimli yozuvchim bilan uchrashuv» loyihasi asosida Respublika Ma’naviyat va Marifat markazi Urganch tuman bo’linmasi rahbari, qalami o’tkir ijod sohibasi Rano opa Vapayeva bilan uchrashuv tashkil etildi. Sevimli yozuvchimiz bilan yangi ijod maxsullaridan suxbatlashdik.