Aziz kuzatuvchilar, 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.
Shu munosabat bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda qator tashkilotlar hamkorligida yurtimiz bo‘ylab Bayroq estafetasi loyihasi amalga oshirilmoqda.
«Bir Vatan, bir el, bir bayroq» shiori ostida bayroq estafetachilari Urganch tuman Ulli Hovli qal’asiga tashrif buyurdilar.
Qardosh xalq vakillari, tuman nuroniylari va tuman axborot-kutubxona markazi bir guruh xodimlari, ziyolilar va yoshlar bilan birgalikda estafeta chiroyli tarzda tashkil etildi. Tuya bilan hamohanglikda estafeta kutilmagan yangilik sifatida barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi.
Loyiha “Bir Vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida o‘tkazilib, mamlakatimizning barcha hududlarida tashkil etilmoqda.
Galdagi manzil: Xorazm viloyati estafetachilari tomonidan Buxoro viloyati vakillariga topshiriladi.

