Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida kitobxonlarga muntazam ravishda Shavkat Mirziyoyev asarlari hamda qonun ustuvorligiga oid adabiyotlar tanishtirib borilmoqda.
Mazkur jarayonda markaz mutaxassisi D. Matchanova tomonidan o‘quvchilarga tashkil etilgan kitob ko‘rgazmalari atroflicha tushuntirilib, ularning huquqiy bilimlari yanada boyitilmoqda. Suhbat davomida yoshlarning inson huquqlari, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalanishi, huquqiy savodxonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy ishlar yosh avlodni huquqiy jihatdan ongli, faol va mas’uliyatli shaxs etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

