«Yaldo kechasi»

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi tomonidan kitobsevarlar davrasida yozuvchi Xayriddin Sulton qalamiga mansub «Yaldo kechasi» nomli asarning taqdimoti tashkil etildi.
Mazkur tadbirda yozuvchi va shoirlar, talaba-yoshlar, faol kitobxonlar hamda Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida kitob mazmuni yuzasidan bahs-munozaralar, fikr almashuvlar va savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Tadbir yakunida taqdimotda faol ishtirok etgan kitobxonlar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari B. Abdirimov tomonidan esdalik sovg‘alari va kitoblar bilan taqdirlandilar.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.